Спрашивай›Где ?
Правило
Где ? (Qayerda?) savoliga javob berish
Kirish "Я в офисе"
Rus tilini o'rganishda eng ko'p uchraydigan savollardan biri — «Где?» ya'ni «Qayerda?». Bu savol yordamida biz biror narsa yoki odamning qayerda ekanligini bilib olamiz.
Masalan: «Где ты?» — Sen qayerdasen? «Где работаешь?» — Qayerda ishlaysan?
Bu sahifa «Где?» savoliga qanday javob berishni o'rganash haqida — joy nomlarini to'g'ri shakllantirish bilan birga.
quyidagi vaziyatni tasavvur qiling, sizga ham kasbingiz xabar yozdi:
Ko'rib turganingizdek atigi ikkita so'z — «Где ты?» — va suhbat boshlandi. Endi shu savolning ortidagi qoidani bilib olaylik.
Asosiy qism
| В | место + е |
| На |
«Где?» savoliga qanday javob beriladi?
Rus tilida “qayerda?” savoliga javob berish uchun "в" yoki "на "predlogi ishlatiladi va joy nomi prepositional case shakliga o‘tadi.
Aksariyat hollarda bu shaklda so‘z oxiri “-е” yoki shunga o‘xshash qo‘shimcha o‘zgarish bilan keladi, va so‘z turiga qarab o‘zgarishi mumkin.
misollar:
- Я в школе. (maktabdaman)
- Он на улице. (ko'chadaman)
«в» va «на»
| В - Ko‘pincha bino, xona, shahar va ichki joylar uchun ishlatiladi. | офис → в офисе |
| школа → в школе | |
| больница → в больнице | |
| Ташкент → в Ташкенте | |
| На - Ko‘pincha ko‘cha, maydon, bekat, bozor va ayrim faoliyat yoki muassasalar bilan ishlatiladi. | улица → на улице |
| рынок → на рынке | |
| остановка → на остановке | |
| работа → на работе |


