C dasturlaş tilida Bitwise operatorlar bilan işlaş


C dasturlaş tilida bitwise operatorlari bevosita butun sonlarning ikkilik ko‘rinişi ustida işlaydi hamda amallarni butun sonlarning özida emas, balki ularning har bir biti darajasida amalga oşiradi. Uşbu operatorlar low-level dasturlaş, optimallaştiriş va embedded systemʼlarda keng qöllaniladi.

C da Bitwise operatorlarining turlari

C da bitwise operatorlar butun sonli ma'lumotlarning alohida bitlari ustida bevosita amallar bajaradi, bu esa ma'lumotlarni quyi darajada samarali boşqariş va optimallaştiriş imkonini beradi.

1. Bitwise AND operatori (&)

Bitwise AND operatori ikkita integer sonning bir xil pozitsiyadagi bitlarini o‘zaro solishtiradi. Agar solishtirilayotgan ikkala bit ham 1 bo‘lsa, natijaviy bit 1 bo‘ladi. Qolgan barcha holatlarda natija 0 bo‘ladi.

Bitwise AND amalini bajarish uchun & operatoridan foydalaniladi.

Misol: 7 va 4 sonlari ustida Bitwise AND operatorini amalga oshiramiz. Bit körinishida 7 soni 111 kabi va 4 soni esa 100 kabi ifodalanadi.

txt
  a = 7 = 111  b = 4 = 100  Bitwise AND Operation    1 1 1  & 1 0 0  -------    1 0 0  = 4

Ko‘rib turganimizdek, ikkala sonning faqat oxirgi mos bitlari 1 ga teng. Shuning uchun: 7 & 4 = 4

c
#include <stdio.h>int main() {        printf("%d\n", (7 & 4));        return 0;}